Mustaqil respublikamizda ta’lim – tarbiyani isloh qilish, uni rivojlantirish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish yoshlarga zamonaviy talablar darajasida bilim va tarbiya berish, o’quvchi yoshlar ongiga yuksak ma’naviy axloqiy fazilatlarni kamol toptirish xalqimizning bilim saloxiyatini yuksaltirish hozirgi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Shu o’rinda birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini aytib o’tishimiz lozim:“ Hozirgi eng muhim, eng dolzarb vazifamiz jamiyatimiz a’zolarini avvalombor voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbiga milliy g’oya, milliy mafkura, o’z vataniga mehr sadoqat tuyg’usini uyg’otish, o’zligini anglash milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat”.