Bitiruv malakaviy ishi kirish, umumiy, texnologik, metodik, hayot faoliyati xavfsizligi va ijtimoiy samaradorlikni baholash qismlari, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati, ilovalardan iborat bo`lib, jami ... bet tushuntiruv yozuv qismi, 5 ta chizma varaqlarini tashkil etadi.
Umumiy qismda CHust qishloq ho`jalik kasb-hunar kollejining umumiy tavsifi, yo`nalish bo`yicha kichik mutaxassisning kasbiy tavsifnomasi, fan va mavzuning tavsifi va bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligini asoslash keltirilgan.
Texnologik qismda Domkratlar va ko`targichlar. Kranlar va yuk ortish mashinalari moxiyati, texnologiyasi, qo`llaniladigan soxalar bo`yicha materiallar tahlili ketirilgan.
Metodik qismda Domkratlar va ko`targichlar. Kranlar va yuk ortish mashinalari mavzusining fanlararo va fanichra bog`lanishlari, mavzuning uslubiy-texnik ta’minoti, mavzu bo`yicha nazariy dars rejasi, darsning texnologik xaritasi, dars matni, o`quvchilar bilimini tekshirish bo`yicha test savollari berilgan.
Bitiruv malakaviy ishining hayot faoliyati xavfsizligi qismida Domkratlar va ko`targichlar. Kranlar va yuk ortish mashinalarida ishlashda mehnat muhofazasi qoidalari bo`yicha chora-tadbirlar bayon etilgan.
Ijtimoiy samaradorlikni baxolash qismida esa bitiruv malakaviy ishining kasb-hunar kollejlaridagi ta’lim jarayonida qo`llashdan kutilayotgan ijtimoiy samaradorlik ko`rsatkichlari tahlili keltirilgan.