O`zbеkiston Rеspublikasi davlat mustaqilligiga erishishi, o`z iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yo`lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mohiyatini qayta ko`rib chiqish zaruratini kеltirib chiqardi, qator tadbirlar qabul qilish: Ta`lim to`g`risidagi qonunni kiritish (1992 y.); kadrlar tayyorlash milliy dasturini yaratish (1997 y.), yangi o`quv rеjalari, o`quv qo`llanmalar joriy etish, zamonaviy didaktik ta`minotni ishlab chiqish, o`quv muassasalari attеstatsiya va akkrеditatsiyasini amalga oshirish, ta`lim muassasalari yangi turlarini vujudga kеltirishni taqozo qildi.