Mamlakatimiz parlamenti tomonidan axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini rivojlantirish, jamiyatni axborotlashtirish, shuningdek,
O’zbekiston bank tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni
tartibga soluvchi “Axborotlashtirish to’g’risida”, “Telekommunikatsiyalar
to’g’risida”gi qonunlar, axborotning elektron shakli rivojiga keng yo’l ochib
beruvchi “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi, “Elektron tijorat to’g’risida”gi,
“Elektron raqamli imzo to’g’risida”gi, “Elektron to’lovlar to’g’risida”gi,
“Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborot himoyasi to’g’risida”gi va
“Axborotlashtirish va ma’lumotlarni uzatish sohasida sodir etilgan qonunga xilof
harakatlar uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O’zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish
to’g’risida”gi qonunlar, Prezidentimizning bir qator qarorlari qabul qilindi.