Yer yuzada ijtimoy-madaniy turmushning tubdan o’zgarishi o’rta asrlarga kelib bog’lanadi. Osiyo, Amerika, Afrika qit’alaridagi ilg’or madaniyat vakillari jismoniy tarbiyani inson xayotining uzviy omili ekanligini isbotlashga xarakat qildi. Natijada jismoniy tarbiya vositalarini oilaviy hamda maktab tarbiyasida qo’llanishga erishishdi. Erishilgan ilg’or tajribalar davlatlardan-davlatlarga, qit’alardan-qit’alarga tarqatdi, ya’ni qilichbozlik, o’q otish, kurash, aravada poyga, suzish kabi o’nlab o’yin-mashqlar xalkaro miqyosda qo’llanila boshladi. Bu jihatlar Germaniya, Fransiya, Italiya, Rossiya, Xitoy Yaponiya, AQSh va boshqa ko’p davlatlarda jismoniy tarbiyaning rivojlanishi hamda keyinchalik milliy sport turlarining yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.
Yuqorida qayd etilganidek, jismoniy tarbiya jaxonshumul tarixiy ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan o’tgan davrlardagi xalkaro jismoniy tarbiya tarixan eng muhim bo’lgan sanalarni tilga olish maqsadga muvofiqdir.