Mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiyalash, tarkibiy o`zgarishlar va inqirozga qarshi choralar dasturini amalgan oshirish milliy bank tizimi rivojlanishini ta`minlashning zamonaviy usullaridan foydalanishni taqozo etmoqda. O`zbekistom Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ,”…iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirishda banklar va boshqa moliya tashkilotlarini ahamiyati juda katta. Banklarsiz sanoat bo`lmasligi, eksport bo`lmasligi, banklarsiz sarmoya bo`lmasligini biz juda yaxshi bilamiz. Bank sohalari va ularning taraqqiyoti O`zbekiston hukumatining diqqat markazida turibdi” deb takidlaganlar.