Ushbu ma`ruza matnlari 5320300 –Texnolohik mashina va jixozlar ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda iqtisodiy va muhandislik masalalarni qo’yish va ularni kompyuter yordamida yechish, zamonaviy katta va shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi va ishlashi, ularning tizimli va amaliy dasturiy ta`minoti hamda ushbu amaliy dasturlarda ishlash, informatsiya uzatish tarmog’i xususiyatlari va unda ishlash, intellektual va ekspert tizimlar tuzilishi va ularning asosiy turlari kabi asosiy masalalar ko’rib chiqiladi. Talabalar bu kursni tugallagandan so’ng, ishlab chiqarish sohalardagi dasturiy-texnik vositalar, Windows, Word, Excel, Access, Power Point va shunga o’xshash dasturlarda ishlash, Talabalarning olgan bilim va ko’nikmalari keyingi, yuqori kurslarda o’tiladigan boshqa fanlarni o’rganish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.