Xarita, xaritanoma. Tuproq xaritasi. Agrokimyoviy xaritanoma. Masshtab. Yirik.
O’rta. Kichik masshtab. Elementar uchastka. Xaritografik asos.
1. Xaritanoma bu har bir xududiy birlik chegarasidagi qandaydir bir xodisaning
intensivligini (har xil to’yinganlik darajasini) shtrix yoki ranglar yordamida ko’rsatuvchi
xaritadir.
Agrokimyoviy xarita - bu tuproqning oziq elementlar bilan ta`minlanganligini yoki
uning kislotalik, ishqoriylik, sho’rtoblik, sho’rxoklik, sho’rlanganlik darajasini va oxak,
gipsga bo’lgan talabini ko’rsatuvchi xarita.
Hozirgi paytda hosildorlikni oshirish juda muhim hisoblanadi. Chunki yer
maydoni chegaralangan. Aholi soni esa tez o’smoqda. Shuning uchun ham qishloq
xo’jaligining intensivlashtirish aktual masaladir. Qishloq xo’jaligini
intensivikatsiyalashning zvenolaridan biri bo’lib qishloq xo’jaligini kimyolashtirish, shu
jumladan o’g’itlarni ratsional qo’llash hisoblanadi.
O’g’itlarni qo`llash esa qishloq xo’jalik ekinlarining oziq elementlarga bo’lgan
talabini va tuproqdagi oziq elementlar miqdorini aniq bilishga asoslangan bo’lishi kerak.
Qishloq xo’jaligini kimyolashtirish bilan bog’liq bo’lgan masalalarini to’g’ri hal etish
uchun tuproqning agrokimyoviy xossalarini o’rganish zarur. Tuproqlarni agrokimyoviy
tekshirish va kartografiyalash ishlari avvalo. Organik va mineral o’g’itlardan to’g’ri
foydalanish imkonini beradi. Tuproqlar oldindan agrokimyoviy jixatdan tekshirib
ko’rilmasa, o’g’itlardan foydalanishda, albatta xatoga yo’l qo’yiladi -ehtiyoj bo’lmagan
joyga ortiqcha miqdorda solinadi yoki aksincha. Oziqlanish rejimini yaxshilash
nihoyatda zarur bo’lgan maydonlarga yetarli miqdorda solinmaydi.
Dunyo olimlarining ko’pchilk kuzatishlari tuproqdagi asosiy oziq moddalarning
miqdori bilan o’simliklarning o’g’itlarini qo’llashga bo’lgan talabi o’rtasida aloqa
borligi ko’rsatdi. Agar tuproq harakatchan fosforga boy bo’lsa, fosforli o’g’itlarni
qo’llash yuqori qo’shimcha hosil olishga imkon bermaydi. Shu bilan birga harakatchan
fosfori kam bo’lgan tuproqlarda fosforli o’g’itlarni qo’llash hosilni ancha oshiradi.
Shunday qilib tuproqni harakatchan oziq elementlar bilan ta`minlanganlik darajasini bila
turib qishloq xo’jalik ekinlarining o’g’itlarga bo’lgan talabini aniqlash mumkin.
SHuning uchun ham tuproqni agrokimyoviy tekshirish va xaritografiyalashdan
maqsad - ushbu tuproqlarning oziq elementlari bilan ta`minlanganlik darajasini
o’rganish hamda yuqori hosil olishda o’g’itlar va kimyoviy meliorantlardan samarali
foydalanish uchun zarur bo’lgan agrokimyoviy xaritogrammalarni tuzishdir.
Xaritogrammalar imkoni boricha ko’n miqdordagi oziq elementlarga tuzilishi
kerak, chunki dehqonchilikning omillarini almashtirib bo’lmaslik qonuniga muvofiq bir
element yetishmasligini boshqa element bilan to’ldirib bo’lmaydi va bu esa o’simliklar
tomonidan boshqa elementlarni samarali o’zlashtirilishiga imkon bermaydi.
O’g’itlarning hosilga bo’lgan ijobiy ta`siri ayniqsa ulardagi oziq elementlarning
optimal nisbatida eng yuqori bo’ladi. Oziq elementlar nisbatining buzilishi o’g’itlar
samaradorligini pasayishiga olib keladi. Misol uchun kam madaniylashgan tuproqlarda
fosforli o’g’itlarsiz azotli o’g’itlarni bir tomonlama qo’llash foydasiz hisoblanadi.
O’g’itlardagi oziq elementlar nisbatini yoki qo’llanilayotgan o’g’itlar (1CH:R:K)
nisbatini asosli yoki tugri ekanligini tuproqdagi oziq elementlar miqdori ma`lum
bo’lganda bilish mumkin. Bu maqsadda tuproqni katta masshtabli kartografiyalash
o’tkaziladi. Uning bir qismi bo’lib agrokimyoviy xaritanomalar tuzish hisoblanadi.
Tuproq unumdorligini baxolash uchun muhim hisoblangan uning asosiy
morfologik va genetik xossalari tuproq xaritasida tasvirlanadi. Bu tuproq avlodi, turi,
tipi, tipchasi, mexanik tarkibi, chirindi qatlamining qalinligi va uning miqdori,
madaniylashtirilganlik va eroziyalanganlik darajasi to’g’risida xulosa chiqarishga imkon
beradi. Lekin bu ko’rsatkichlar o’g’itlash tizimini ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan
ko’p masalalarni yechish uchun ko’pincha yetarli bo’lmaydi.
Tuproqning ko’pchilik muhim agrokimyoviy xossalarini tuproq xaritasida
tasvirlab bo’lmaydi. Alohida o’g’it turlariga bo’lgan talabni aniqlashda xaydov
qatlamidagi asosiy oziq elementlar harakatchan azot, fosfor, kaliy, miqdorini bilish
kerak.
Ohaklashga talabchan bo’lagan kislotali tuproqlarda ularning kislotalik darajasini,
gipslash kerak bo’lgan sho’rtob va sho’rxok tuproqlarda singdirilgan natriy miqdorini va
uning sho’rxoklik darajasini bilishimiz kerak. Ayrim xollarda kerakli agrokimyoviy
ko’rsatkichlar tarkibini kengaytirishimiz kerak bo’ladi - chirindi, harakatchan shakldagi
ayrim mikroelementlar miqdori hisobiga (torfli tuproqlarda - mis, ohaklangan
tuproqlarda -bor va sh.k). Kislotali qumloq va qumoq tuproqlar uchun oson harakatchan
magniy miqdori muhim ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan ko’rsatkichlarni aniqlash uchun xo’jalikda maxsus
agrokimyoviy tekshirish va tuproqni kartografiyalashni
o’tgazish talab kilinadi. Tuproqni kartografiyalash xo’jalikning o’g’itlarga
bo’lgan talabini aniklash uchun kerak bo’ladi. Shuning uchun ham organik va mineral
o’g’itlar qo’llaniladigan yoki keng kimyoviy melioratsiyalash o’tkaziladigan
xo’jaliklarda tuproqni agrokimyoviy o’rganish ishlari o’tkazilgan va unga mos keluvchi
agrokimyoviy xarita tuzilgan bo’lishi kerak.
2. Tuproqni agrokimyoviy tekshirishni va xaritagrafiyalashning maqsadi -
tuproqni asosiy oziq elementlar bilan ta`minlanganlik darajasini, qishloq xo’jalik
ekinlari rivojlanishining kimyoviy sharoitini (kislotali, ishqoriylik, sho’rlanganlik)
o’rganish va o’g’itlarni to’g’ri qo’llash uchun kerak bo’ladigan agrokimyoviy xaritalarni
tuzish hamda xo’jalik dalalarida kimyoviy melioratsiya (ohaklash, gipslash, kislotalash,
fosfatlash) ishlarini o’tkazishdir.
Agrokimyoviy xaritalar tuproqni yuqori masshtabli xaritografiyalash materiallari
asosida tuziladi. Tuproq xaritografiyasini bajarishda tuproqning umum kimyoviy va
agrofizik tavsifi beriladi va uning mexanik tarkibi aniqlanadi.
Axrokimyoviy tadqiqotda xaritaografik asos bo’lib ikkita hujjat xizmat qiladi:
tuproq xaritasi va xo’jalikning yerdan foydalanish rejasi, yuqori masshtabli
agrokimyoviy xarita o’g’itlarini taqsimlash va qo’llash ilmiy asoslari uchun muhim
hujjatlardan biri bo’lib xizmat qiladi. MDH da tuproqning agrokimyoviy tekshirishni va
agrokimyoviy xarita tuzish ishlarini davlat agrokimyoviy xizmati tizimining yagona
uslubi bo’yicha zonal agrokimyoviy laboratoriyalar o’tkazadi.
Tuproqni agrokimyoviy tekshirish asosida xaritadan tashqari agrokimyoviy qissa
tuziladi. Unda tuproqni agrokimyoviy tavsifi va o’g’itlarni samarali qo’llash va tuproq
unumdorligini oshirish bo’yicha tavsiyanomalar bo’ladi.
Agrokimyoviy tekshirish va xaritalar tuzish (yaylov va pichanzorlarda 10-12 yil)
ishlari har 4-5 yilda o’tkazib turish kerak. (200 kg|ga dan ko’p bo’ladi va 3-4 yil; 100-
200 kg|ga GARK 5-6; lalmikorlik 8-10 yil)
3. Agrokimyoviy xaritalar masshtabi tuproq xaritasi masshtabiga mos keladi.
Noqora tuproq rayonlari uchun masshtab 1: 10 000, o’rmon dasht zonasiga 1: 10 000 va
1: 25 000, cho’l zonasiga 1: 25
0, eroziyaga uchragan tuproqlarda 1:10 000 , tog’li rayonlarda haydaladigan
yerlarni tekshirish 1: 10 000 va 1: 5 000 masshtabda o’tkaziladi. Dehqonchilik tizimi
intensiv bo’lgan xo’jaliklarda agrokimyoviy va tuproq xaritalari masshtabi 1: 5 000 va
1: 2 000 ni tashkil qiladi. Yirik masshtabli 1: 50 000 -1:10 000 detal1: 5 000 - 1: 200;
o’rta masshtabli 1: 300 000 - 1: 100 000, kichik masshtabli <1: 300 000.
Agrokimyoviy tekshirish bitta xo’jalikning o’zida har-xil chuqurlikda o’tkaziladi:
bog’ va sabzavot almashlab ekishda eng batafsil tekshirish, dala almashlab ekishda -
kamroq, yaylovda yana kamroq, dashtda esa eng kam batafsillikda o’tkaziladi. Tuproqni
agrokimyoviy tekshirish va kartografiyalash quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
1. Agrokimyoviy tekshirishga tayorgarlik ko’rish.
2. Daladagi ishlar.
3. Analitik ishlar.
4. Agrokimyoviy xaritani tuzish
5. Agkrokimyoviy qissani tuzish.
Agrokimyoviy xaritagramma 3 nusxada tuziladi:
1. Xo’jalikda
2. Viloyat qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasida.
3. Viloyat agrokimyoviy laboratoriyasida.