Turkshunoslik (turkologiya) muayyan tizim ko`rinishida ilk o`rta asrlarda yuzaga keldi. Turkologiya fanining qamrovi keng bo`lib, u o`zida turkiy tillar va adabiyotlar, turkiy qavmlar tarixi, turkiy elatlarning kelib chiqishi, davlatchiligi, mafkurasi, madaniyati, dini, dunyoqarashi, iqtisodi, umuman, turkiy ulusni o`rganish bilan bog`liq barcha yo`nalishlarni o`zida jamlaydi.