O’zbekistonda davlat mustaqilligi e`lon qilgandan buyon chuqur o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mazkur o’zgarishlar iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, mafko’raviy, tashqi siyosat soxalarini qamrab olmoqda.Har bir jamiyatdagi demokratik o’zgarishlar va islohotlar muxim ahamiyatga ega bo’lib, davlatning shu sohadagi muammolarini o’rganish, bir tomondan, O’zbekistonda xuquqiy isloxotlarning yo’nalishlari va mezonlari, qadriyatlari va maqsadlarini aniq belgilashga yordam bersa, ikkinchi tomondan, mamlakatimizda, davlat va xuquq qanday paydo bo’lgan, qanday rivojlangan, uning o’ziga xos xususiyatlari, shakl va ko’rinishlarini o’rganish zaruratini keltirib chiqaradi.