Ushbu dars ishlanma “Dars muqaddas” asosida ilg’or pedagogik texnologiyalar “Aqliy xujum”, “Amaliy ish”, “Klaster” interfaol usullardan foydalangan holda 9- sinf Iqtisodiy bilim asoslari fani “yalpi daromad” mavzusida yaratilgan. Ushbu dars ishlanma o’quvchilarning mavzuni qiyinchiliksiz o’zlashtirishlarida o’z samarasini beradi.
Mavzuni o’rganish davomida o’quvchilarning mustaqil fikrlashlari, nutq madaniyatining shakllanishiga, matematik salohiyatlarini oshirishlariga yordam beradi.
Guruhlarda mashqlar ishlash orqali o’quvchilarning faolliklari oshadi. Mavzuni yoritishda darslik bilan qo’shimcha prezident ma’ruzalaridan, “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari. I.Karimov. asaridan va internet ma’lumotlaridan keng foydalanilgan.