Ushbu uslubiy ko’rsatmada “Estetika” fanidan yoshlar estetik kamolotiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar va “ommaviy madaniyat” hamda uning yechimi mavzusi bo’yicha tayyorlangan bo’lib, unda dars jarayonining yangi pedagogic texnologiyalar asosida tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar berilgan. Unda jumladan “Keys-stadi”, “T-sxema”, “Blits-so’rov” kabi usullar keltirilgan. Uslubiy ko’rsatma bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari uchun amaliy mashg’ulot darslarida qo’llash uchun mo’ljallangan bo’lib, talabalar dars jarayonida o’z mustaqil fikrlarini erkin bayon qilish, guruhlarda ishlash, tez fikrlash kabi imkoniyatlari yaratiladi.
Uslubiy ko’rsatma professor- o’qituvchilar va bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan.