Quyidagi o`quv-uslubiy majmua amaldagi dasturlar asosida tayyorlanib, 5220200 tarix ta`lim yo`nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga mo`ljallanadi. Unda zamonaviy pеdagogik tеxnologiya tizimiga suyangan holda unda idеntiv o`quv maqsadlari, mavzu bo`yicha ko`rib chiqilishi zarur bo`lgan muammolar, har bir savol uchun muhokama savollari, Nazorat savollari, talabalar mustaqil bajarishi kеrak bo`lgan topshiriqlar va har bir mavzu uchun birlamchi adabiyotlar ro`yhati bеrilgan. Majmua ilk davlatlarning paydo bo`lishidan tortib, to milodiy V asr boshlarigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi.