Ushbu fan dastur mazmunida sport va harakatli o`yinlarni kelib chiqish tarixi, rivojlanish bosqichlari, turkumlari, tasnifi, o`yinlarning tahlili, ularni tashkil qilish va o`tkazish metodlari, uning estetik jihatlari, o’yinlar orqali sog’lom turmush tarzini targ’ib toptirish haqida ma`lumot berish, talabalarni quvnoq startlar, estafetali o`yinlar va turli sanalarga bag`ishlangan musobaqalar o`tkazish, sport o`yinlarini tashkil qilish, sport o`yinlari texnikasi va taktikasi bilan tanishtirish, ularni sport o`yinlari va musobaqalar o`tkazish, hakamlik qilishga oid amaliy ko`nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat.