Bu uslubiy ko’rsatmada, TURBO PASКAL algoritmik tilida ma’lumotlarning fayl toifasini, paskalning grafik imkoniyatlari, WINDOWS amaliyot (operasion) tizimining ilova dasturlari WORD, EXCEL, POWERPOINT, COREL DRAW, ACCSES, INTERNET bo’yicha amaliy ishlar keltirilgan.
Har bir amaliy ishning tavsifi qisqacha nazariy qismga ega bo’lib, ish-ning mohiyati mazmuni va dasturini tuzish yoki mashqlarni bajarish oydin misol orqali ifodalangan.
Ushbu uslubiy ko’rsatmalar «Informatika. Axborot texnologiyalari» fanidan amaliy ishlarini o’tkazishda kunduzgi ta’lim olayotgan talabalar uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga magistrlar, aspirantlar, o’qituvchilar va PASKAL algoritmik tilini mustaqil o’rganayotganlar ham undan foyda-lanishlari mumkin.