Respublikamizning «Ta‟lim to`g`risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ta‟limni rivojlantirish perspektivalari aniq ko„rsatib o„tilgan. Bu hujjatlarda Oliy o„quv yurtlarida tayyorlanadigan kadrlar yuqori malakali mutaxassislar bo„lishi kerakligi ta‟kidlanadi.
Oliy o„quv yurtlarida har tomonlama qobiliyatli, kamol topgan mutaxassislar tayyorlashning turli vositalari mavjud.
Chizma geometriya kursi bo„yicha o„tilgan ma‟ruza va amaliy mashg„ulotlar asosida mustaqil ishlar topshiriladi:
a) dastur materiallari asosida tuzilgan grafik topshiriqlar;
b) ilmiy izlanish elementlarini o„z ichiga olgan topshiriqlar.
Bular talabalarning ma‟ruzalarda olgan nazariy bilimlarini, amaliy mashg„ulotlarda hosil qilgan malakalarini yanada chuqurlashtirib, ularda mustaqil ishlash qobiliyatini yanada rivojlantiradi.
Qo„llanmadagi topshiriqlar pedagogika universiteti chizma geometriya kursi dasturi asosida tuzilgan bo„lib, har bir topshiriq bo„yicha 27 tadan mustaqil variantlar, shuningdek, har bir variant bo„yicha grafik ishlarni bajarish namunasi va ularga doir metodik ko„rsatmalar berilgan.
Qo„llanmadan barcha oliy o„quv yurtlarining chizma geometriya fanini o„rganayotgan kunduzgi va sirtqi bo„lim talabalari foydalanishlari mumkin.
Mustaqil ish tоpshiriqlari epyur (tеkis chizma) shaklida bеrilib, chizma gеоmеtriya kursini o`zlashtirish tartibi bo`yicha bajarib bоriladi. Har bir bajarilgan epyurga uni еchish tartibi kеltirilgan plan ilоva qilish tavsiya qilinadi.