Mazkur qo’llanmadan mustaqil diyorimiz yoshlari ajdodlarimizning tarixiy taraqqiyot yo’llarini o’qib-o’rganadilar, mustaqil tahlil qiladilar, o’z hukm-xulosalarini chiqaradilar. Ular ongida milliy tafakkur, vatanparvarlik his-tuyg’usi, milliy mustaqillik bilan g’ururlanish, milliy istiqlolimizni yanada mustahkamlash uchun mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy hayotida yanada faolroq qatnashish, O’zbekiston mening vatanim, men uning egasi va himoyachisiman, degan burch tushunchasi shakllanadi, deb umid qilamiz.