“C++ da dasturlash” fanidan tajriba ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma, bakalavriatura bosqichining, 5330500 – Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi), 5330600 – Dasturiy injiniring, 5350400 – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi, 5350100 – Telekommunikatsiya texnologiyalari yo’nalishini 1 bosqich talabalari uchun mo’ljallangan. Talabalar, ushbu uslubiy ko’rsatmani o’qish davomida I semestrda o’qitiladigan, “C++ da dasturlash” fanidan tajriba mashg’ulotlarini o’tkazish ko’nikmasiga ega bo’ladilar. 11 ta tajriba ishlarini bajarish bo’yicha nazariy ma’lumot, topshiriqlarni yechish bo’yicha ko’rsatma va har bir tajriba ishi bo’yicha topshiriqlar berilgan.