Modellashtirish usullaridan amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlarida azaldan foydalanib kelinadi. U texnik konstruksiya, qurilish va arxitekturada loyiha modellari; fizika, ximiya, biologiya fanlarida ma’lum formulalar asosida jarayon matematik modellarini ifodalash namunalari sifatida ma’lum. “ Model ” so’zi lotincha bo’lib ( modulus ), o’lchov, namuna, norma kabi ma’nolarni bildiradi.
So’nggi yillarda model so’zi ham moda ( urf ) bo’lib, modellashtirishning turli yo’nalishlari shakllanib bormoqda. Hisoblash texnikasi, kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi esa, matematik modellashtirish amaliy samarodorligining keskin ortishiga sabab bo’lmoqda. Axborotlarni saqlash, uzatish, qayta ishlash, qisqasi axborot texnologiyalari zamonamizning eng dolzarb yo’nalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Bu esa keng qamrovli murakkab jarayonlarni ham matematik modellashtirish va ko’plab variantlarda tadqiq qilish imkoniyatlarini yaratmoqda