Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar fani pedagogika universiteti va institutlarining boshlang`ich ta’lim va defektologiya fakulьtetning o`quv rejasiga kiritilgan bo`lib, mutaxassislik o`quv predmeti sifatida o`qitish ko`zda tutilgan.
Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiya fani yuzasidan tuzilgan mazkur dastur bo`yicha ishlashdan maqsad bo`lg`usi boshlang`ich ta’lim o`qituvchilariga, yordamchi maktab o`qituvchilariga pedagogik texnologiya fani yuzasidan nazariy bilim berish talabalarning pedagogik texnologiya fani bo`yicha savodxonligini oshirishdan iboratdir.
Zamonaviy pedagogik texnologiyaning asoslarini, asosiy operatsiyalarini, kategoriyalarini puxta o`zlashtirish jarayonida pedagogika institutlarning boshlang`ich ta’lim, defektologiya fakulьtetlari uchun nashr etilgan mavjud darslik, qo`llanmalar materiallariga ijodiy yondashish talab etiladi.