O`zbekiston  Respublikasi  davlat  mustaqilligiga  erishgandan  keyin  iqtisodiy  hamda  ijtimoiy 
rivojlanishning o`ziga xos yo`liga ega bo`ldi. Mustaqillik omili ta`lim sohasini ham tubdan yangilash zaruriyatini yuzaga ke ltirdi.
"Ta`lim  to`g’risida"  gi  qonun,  "Kadlar  tayyorlash  milliy  dastur"  hamda  pedagogik  texnologiya   ta`limning  maqsadi,  vazifasi, 
mazmuni, shakli, vositasi hamda printsiplarini tanlash birinchi darajali ehtiyotga aylandi. Boshlang’ich sinflarda ona tili ta`limi
bolalarning tafakkur qilish faoliyatini kengaytirishga, ularga erkin fikrlay olish, o`zgalar fikrini anglash, o`z fikrini og’ zaki va 
yozma  ravishda  ravon  bayon  qila  olishga,  jamiyat  a`zolari  bilan  erkin  muloqotda  bo`la  olish  ko`nikma  va  malakalarini 
rivojlantirishga xizmat qiladi.