Istiqlol davri o`zbek she`riyatidagi g`oyaviy-uslubiy izlanishlarda yangicha ohanglar va shakliy ko`rinishlar tobora ko`proq qaror topmoqda. Bunda, shubhasiz, milliy adabiy an`analarni ijodiy o`zlashtirish bilan birga, jahon she`riyati tajribalaridan bahramand bo`lish, ularni ijodiy qo`llash holatlari mavjud. Olam va odam sir-sinoatlarining badiiy-estetik tadqiqi ijodkor oldiga hamisha yangi-yangi javob izlashni, yangicha fikrlashni taqozo etadi.