«Amaliy mexanika» fanidan kurs loyihasini bajarish ucun o`quv-uslubiy metodichka texnika oily o`quv yurtlarining talabalari uchun mo`ljallangan. Unda mashina, mexanizm va turli qurilmalarning tuzilishini, ular orasidagi harakatlarni, mashina detallarini hamda qismlarini hisoblash va loyihalash asoslari, turli mashinalarning mustahkamlik va ishchanlik kabi ko`rsatkichlarini oshirish usullarini loyihalash, konstruksiyalash hamda tayyorlanish jarayonida qo`llashni o`rgatadi.