Ko’pchilik agrotexnologik tadbirlar, birinchi navbatda o’g’itlarni qo’llash tizimi tuproqning agrokimyoviy xossasi qandayligiga bog’liq bo’ladi. Bunda tuproqning sho’rlanish turi va darajasi hisobga olinishi va undan kelib chiqib o’g’itlash tizimi tuzib chiqilishi kerak bo’ladi. Mineral o’g’itlarning samaradorligini oshirishda tuproqning agrokimyoviy xossasi bosh omillardan biri hisoblanadi.