Yordamchi so`zlarning funksional belgisi "bog`lash"dir. Shu belgi asosida ko`makchi, bog`lovchi, yuklamalar so`z va gaplarni bir-biriga bog`lash uchun xizmat qiladi. Ammo bu vazifa bog`lovchi va ko`makchilar uchun o`zgarmas, barqaror sanaladi. Yuklama¬larning o`ziga xos xususiyati shundaki, ular so`zlarga yoki gaplarga so`roq, ta’kid, kuchaytiruv, ayirish-chegaralash, o`xshatish kabi qo`shimcha ma’nolarni beradi va funksional "bog`lash" belgisiga nisbatan beqaror, o`zgaruvchan sanaladi, ya’ni "bog`¬lash" belgisi bo`lishi ham, bo`lmasligi ham mumkin.