Ta’lim va tarbiya jarayoni o`sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat talablarini o`zida aks ettiruvchi ijtimoiy buyurtma asosida hayotga tayyorlashdan iborat. Ta’lim va tarbiya jarayonida yoshlar ajdodlar tomonidan to`plangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat va mehnat ko`nikmalarini o`zlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda o`zining munosib o`rnini egallashi, salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi