Ma’ruzalar kursida har bir mavzuga tegishli asosiy tayanch atama va iboralar, o`z-o`zini nazorat qilishga oid savollar turkumi va uyga vazifalar, atamalar glossariysi, bugungi kunda amalda faoliyat ko`rsatayotgan tijorat banklari va ularda yuritilayotgan buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar ruyhati, tijorat banklari reytinglari, xalqaro reyting agentliklari tomonidan tijorat banklariga berilgan reyting baholari to`g’risida ma’lumotlari keltirilgan.