Qadimgi Rimda me’morchilik yetakchi san’at turlaridan hisoblangan. Qadimgi Rim me’morchiligi Apenin yarimorollaridagi ko`pgina хalqlar, jumladan, etrusklar, keyinroq Rim bosib olgan yerlardagi boshqa halqlar me’morchiligi tasirida taraqqiy etdi. Rim arxitekturasi rivojiga, ayniqsa, grek arxitekturasi kuchli ta’sir o`tkazdi. Rimliklar boshqa halqlarning me’morchiligini o`zlashtirib, o`rganib, uni ijodiy boytdilar, shu me’morchilik an’analarini rivojlantirib, uning yangi ko`rinishlarini ham yaratdilar.