Si Szinpin – Xitoyning oliy rahbari
Nima uchun mashhur?
Si Szinpin Xitoy Xalq Respublikasi raisi. Si nafaqat davlat boshlig‘i, balki partiya va armiya rahbarligi lavozimlarini egallagani bois, uni Xitoyning oliy rahbari, lideri deb atashadi. Szinpin besh yildirki, dunyoning eng nufuzli 10 ta odami ro‘yxatidan tushmay kelmoqda.
Qanday qilib mashhur bo‘ldi?
Si Szinpin 1953 yilda tug‘ilgan. Otasi Si Chjunsyun XXR Davlat Kengashi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Biroq 1962 yili partiyaga qarshi fitna uyushtirishda ayblanib, surgun qilingan. Bolakay Sining hayoti oson kechmadi. Shunga qaramay 1978 yil Pekinning nufuzli Sinxua Universitetining kimyo-texnologiya fakultetini tamomlab, 1974 yil Xitoy kompartiyasiga qabul qilingan. 1982 yilda esa Si mudofa vaziri general Gen Byaoning kotibi bo‘ldi. 1985 yil Syamin shaharining vitse-meri etib tayinlandi. 2008 yildan XXR raisining o‘rinbosari, 2010 yil noyabr oyidan Markaziy harbiy kengash raisining o‘rinbosari bo‘lgan Si Szinpin 2012 yil 15 noyabrda Xitoy kommunistik partiyasi raisi Xu Szintaoning o‘rnini egalladi. 2013 yilda XXR raisi etib saylandi. Si hokimiyatni qo‘lga kiritgach, partiya intizomini mustahkamlash va ichki birlikni ta’minlash choralarni ko‘rdi. Uning korruptsiyaga qarshi kompaniyasi amaldagi va iste’fodagi ko‘plab taniqli amaldorlarni siyosat sahnasidan uloqtirib tashladi. Si fuqarolik jamiyatiga qo‘yilgan cheklovlarni kuchaytirdi. U kelgusida bozor iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan iqtisodiy islohotlarni, “Xitoy orzusi” shiori ostidagi individual va milliy intilishlarni kuchaytirish tarafdori. Shuningdek, u “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi bilan Xitoyning Yevrosiyodagi o‘rnini kengaytirishga intilmoqda.
Mashhur nima deydi?
“Har safar bo‘ronga duch kelganingizda, portga yashirinib o‘tirishning hojati yo‘q, u bizni hech qayerga olib ketmaydi”.“Umumjahon savdo urushida g‘olibning o‘zi bo‘lmaydi”.“Baxt ko‘kdan tushmaydi, orzular o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. Osmondan tushib, ko‘p ishlashimiz kerak. Biz qattiq mehnatni eng sharafli, eng oliyjanob, eng ulug‘ va eng go‘zal fazilat deb bilishimiz kerak”.
new.fikrat.uz