Tezlikni tartibga solish. Turli tezliklarda ishlaydigan mikserlar asosan ikkinchi turga mansub. Chunki, qoʼl mikserlarida koʼproq qulaylik va yengillik ahamiyatga ega. Bir qoʼlda uzoq vaqt ogʼir mikserni koʼtarib turishni kim ham hohlaydi deysiz? Аlbatta, mikser tezligini tartibga soluvchi tugmalar qancha koʼp boʼlsa, shuncha yaxshi. Lekin eʼtibor bering, tugmalarni bir barmoq bilan tartibga solish mumkinmi? Аgar bu sizga ish jarayonida noqulaylik tugʼdirmasa, demak, uni xarid qilish lozim.
Motori. Qoʼl mikserlar motorining eng maqbul quvvati – 100-300 Vatt. Qoʼchmas mikserlar kuchliroq, yaʼni 200-500 Vatt quvvatga ega boʼladi. Аgar quvvat bundan yuqori boʼlsa, uning yoqib oʼchirilishi uchun maxsus tugmasi boʼlishi lozim. Birdaniga katta hajmdagi masalliqlarni koʼpirtirish lozim boʼlsa yuqori quvvatlisini tanlash toʼgʼri boʼladi.
Tishlari. Mikser tishlarining koʼpligi uning narxini ham belgilaydi. Аmmo bir-birini oʼrnini toʼldiradigan tishchalarga aldanib qolmang! Аgar mikser tishlariga qoʼshimcha ravishta miqdor oʼlchagich stakan, tozalagich va maxsus kurakcha boʼlsa, ayni muddao. Bu ish jarayonida sizga qoʼl keladi. Baʼzi mikserlar tishchalarini almashtirish bilan nafaqat koʼpirtirish, balki yengil qiymalagichga aylanishi mumkin. Mikser tarkibida qisman blender vazifasini oʼtaydigan pichoq-tishlarining mavjudligi ham oshxona ishlarida ancha qulaylik tugʼdiradi.