Oltin va kumush medallar oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun imtiyoz beradimi?
Savol:
Iqtidorli maktab o‘quvchilariga beriladigan oltin va kumush medallar oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun imtiyoz beradimi?
Javob:
Maktablarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlanishi oliy ta’lim muassasalariga kirishida imtiyoz taqdim etmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomda (https://lex.uz/docs/4211827#4215021) oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan o‘quvchilarga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan.
2020-2021-o‘quv yilida OTMlarga o‘qishga qabul
2020-2021-o‘quv yilida OTMlarga o‘qishga qabul
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-son qarori bilan tasdiqlangan nizom (https://lex.uz/docs/4211827#4215021).