Qulupnayli muzqaymoq sho‘rva
Zarur masalliqlar: 300 gr qulupnay, 100 gr muzqaymoq, 1 osh qoshiq limon sharbati, 100 gr shakar, 50 gr suv, ta’bga ko‘ra yalpiz barglari va maydalangan bodom donalari.
Tayyorlanishi: shakar suv bilan o‘rta olovda yaxshilab qaynatib olinadi. Shakar qiyom holiga kelmaguncha aralashtirib turiladi. Qulupnay blender vositasida maydalanadi. Pyure holatiga kelgan qulupnay sovugan shakar qiyomi bilan aralashtiriladi va suzgichdan o‘tkazib olinadi. Limon sharbati qo‘shiladi. Tayyor bo‘lgan sho‘rva o‘rtasiga muzqaymoq sharchasi joylanadi. Muzqaymoq usti yalpiz bargi va maydalangan bodom bilan bezatiladi.
Xurshidabonu
soglom.uz/tavsiya/qulupnayli-muzqaymoq-shorva/