O‘rama balish

Kerakli mahsulotlar:

xamir uchun: 500 gr. un, 250 ml. suv, 150 gr. margarin, tuz va iste’mol sodasi. Qiymasi uchun: 300 gr. qiyma, 4 ta piyoz, 2 ta kartoshka tuz va ziravorlar.

Tayyorlanishi: un, suv va tuzni qo‘shib xamir qoriladi va 30 daqiqaga tindirishga qo‘yiladi. So‘ngra juda ham yupqa bo‘lmagan qalinlikda yoyiladi. Yoyilgan xamirga margarin suriladi. Keyin uning yuqori qismi past qismining ustiga yopiladi. Endi ikki yon tarafi o‘rtaga taxlanadi. Va nihoyat so‘nggi bosqichda chap bo‘limdagi qatlam, o‘ng tarafga taxlanadi. Tayyor bo‘lgan xamir paketga solinib, 20-30 daqiqa muzlatgichda tindiriladi.

Tingan xamir xuddi yana shunday yoyiladi va taxlanadi. Ammo bu gal jarayon margarinsiz amalga oshiriladi. Ikkinchi marta yoyib, taxlangan xamir yana 20-30 daqiqa muzlatgichga qo‘yib, tindiriladi.

Tayyor bo‘lgan xamirga xonim tartibida qiyma solinadi. Undan farqi shuki, qiyma qavat-qavat tartibida bo‘lmaydi. O‘rama balish qizigan duxovkada 40-45 daqiqada davomida pishirib olinadi.

GULNOZA

soglom.uz/tavsiya/orama-balish/