Bolalar organizmda uchrovchi eng koʼp parazit gijjalar bilan tanishing.
🧯Lyamblya — oʼzidan oʼzi odam organizmida koʼpayadi. Ishtaha boʼgʼilishi, ertalab nonushta qilishga qiynalish, bolalarda injiqlik, jizzakilik, ich oʼz-oʼzidan ketishi va qotishi kuzatilishi — uning asosiy alomatidir.
🌱Lyamblya, asosan, ogʼiz boʼshligʼiga ifloslangan taom yoki yegulik orqali tushadi. Uni davolash uchun koʼpincha klizma qilishadi. Holbuki, bu usul uni yoʼqotishda yordam bermaydi. Chunki klizma lyamblya oʼrnashgan joygacha yetib bormaydi. Lyamblya oʼt yoʼllarida, oʼn ikki barmoq ichakda parazitlik qiladi. U qaynatilmagan suv va ichimliklardan yuqishi mumkin. Shu bois ichimlik suvi bilan bogʼliq muammoli joylarda koʼp uchraydi. Parazitlar allergik kasalliklar paydo boʼlishiga sababchi boʼladi.
🌱Ostritsa — organizmga joylashgach, 4-6 soat ichida kasallik qoʼzgʼatishga qodir. Аksariyat hollarda bolalarning bir maydonchada oʼynashi, bitta tuvak, idish-tovoqdan foydalanish uni yuqtirishga yoʼldir. Ostritsa, asosan, oʼn ikki barmoqli ichak hamda yoʼgʼon ichakda joylashib, oʼrmalab harakatlanadi va anal teshikda tuxum qoʼyadi. Soʼng bu sohada qichishish yuzaga keladi. Ushbu gelьmintlar 1-1,5 oy hayot kechiradi. Parazitni najasda ham koʼrsa boʼladi. Bola atrof-muhitni oʼrganish, jismlarning taʼmi va tarkibini bilish maqsadida qoʼllari bilan har narsani ushlab koʼradi hamda ularni ogʼziga olib boradi. Shu yoʼl bilan ostritsaning tuxumlari oʼzining «boʼlajak kichik xoʼjayini» organizmiga tushadi. Ostritsani davolashning eng oson yoʼli tozalikka eʼtibor berishdir.
🌱Аskorida — koʼp hollarda tozalanmagan mahsulotlar hamda hasharotlardan tarqalib, oshqozon, meʼda osti bezi, jigar, oʼt qopi yoʼllarida harakatlanishi mumkin. Аskoridoz parazitlari bilan kasallangan bolalarda neyrodermit, astma, ekzema, pnevmoniya kabi xastaliklar uchrashi mumkin. Аskoridaning hayot sikli bir necha yillarga yetadi.
☘️Gijjalardan qutulishni xalqona davosi bilan tabobat kanalimizda tanishing👇