Yod eritmasi — antiseptik vosita
💊Yod eritmasi — antiseptik vosita
# 5 % YODNING SPIRTLI ERITMASI
# 5 % Ёднинг спиртли эритмаси
Preparatning savdo nomi: Yodning 5 % li spirtli eritmasi.
💊Dori shakli: eritma
💊Tarkibi: 👇
— Faol modda: yod
— Yordamchi moddalar: kaliy yodid, 96% li tibbiyot etil spirti va tozalangan suv.
💊Taʼrifi:
tiniq, qizil-qoʻngʻir rangli, oʻziga xos hidli eritma.
💊Ta’sir qilishiga ko’ra :
Antiseptik vositalar.
💊Farmakologik xususiyatlari👇
Sirtga qoʻllanganda antiseptik, qoʻzgʻatuvchi va chalgʻituvchi taʼsir koʻrsatadi. Ichga qabul qilinganda qalqonsimon bezi funksiyasiga taʼsir qiladi, dissimilyatsiya, fibrinoliz jarayonini kuchaytiradi, yogʻ almashinuviga qoniqarli taʼsir koʻrsatadi, qon ivishi tezligini pasaytiradi, balgʻam koʻchiruvchi taʼsir koʻrsatadi.
Sifilisning uchlamchi davrida toʻqimalarda paydo boʻladigan tugunsimon tuzilmalarda yodni toʻplanishi ularni soʻrilishi va yumshatishiga yordam beradi. Biroq tuberkulyoz oʻchogʻlarida yodning toʻplanishi yalligʻlanish jarayonini kuchaytiradi.
💊Ta’sir qilish mexanizmi 👇
Shikastlanmagan teri orqali oson soʻriladi. Qalqonsimon bezda toʻplanadi. Yoʻldosh toʻsigʻi orqali oʻtadi. Organizmdan asosan buyrak, qisman meʼda-ichak yoʻllari, ter va sut bezlari orqali chiqariladi.
💊Qoʻllanilishi
⭐️Sirtga: 👇
Terining infeksion-yalligʻlanishli shikastlanishi, jarohatlar, kesilgan joylar, mialgiya, trofik va varikoz yaralar, termik va kimyoviy kuyishning I va II darajasida. Mahalliy: tonzilitlar, laringitlarda.
⭐️Ichga 👇
Ichga: ateroskleroz, sifilisni uchinchi bosqichi, nafas olish yoʻllarining surunkali yalligʻlanishida qoʻllanadi.
💊Qoʻllash usuli va dozalari:
Sirtga preparat eritmasiga botirilgan paxtali tampon bilan zararlangan soha “yodli setka” qilib ishlov beriladi. Jarrohlik amaliyotida va kuyganda zararlangan joyga qoʻyiladigan doka salfetka yodga hoʻllanib bosiladi.
Mahalliy – preparatni 5-10 tomchisi 100-200 ml qaynagan iliq suvda eritiladi va tomoqni chayish uchun ishlatiladi. Aterosklerozni oldini olish uchun ichga sutkada 1 marta 5-10 tomchidan 30 kun davomida yilda 2-3 marta; ateroskleroz va nafas yoʻllari yalligʻlanishini davolashda 10 tomchidan sutkada 3 marta; sifilisni uchinchi bosqichida 5 dan 50 tomchigacha sutkada 2-3 marta qabul qilinadi. Maksimal bir martalik dozasi – 20 tomchi, sutkalik – 60 tomchi. Preparat sut bilan ovqatdan keyin qabul qilinadi.
💊Nojoʻya taʼsirlari👇
⭐️Sirtga qoʻllanganda: kam hollarda teri qichishadi.
⭐️Ichga qabul qilinganda: teri allergik reaksiyalari, taxikardiya, asabiylik, uyquni buzilishi, koʻp terlash, diareya (40 yoshdan yuqori patsiyentlarda), gipo yoki gipertireoidizm holatlari yuz berishi mumkin.
💊Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar 👇
— Yodga yuqori allergik sezuvchanlik.
— Ichga qabul qilish uchun:👇
Oʻpka tuberkulyozi, nefrit, nefroz, yurak yetishmovchiligi, adenomalar (shu jumladan qalqonsimon bezlarda), chipqon, husnbuzar, surunkali piodermiya, gemorragik diatez, eshakemi, homiladorlik, laktatsiya (emizish), 5 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash mumkin emas.
💊Dorilarning oʻzaro taʼsiri👇
Sirtga qoʻllanganda vodorod peroksidi yoki boshqa dezinfeksiyalovchi vositalar bilan qoʻshib ishlatish mumkin emas.
💊Maxsus koʻrsatmalar👇
Yuqori dozalarda uzoq muddat qoʻllanganda dozani oshirib yuborilishi, yodizm koʻrinishlari: yaqqol rinit (tumov), soʻlak ajralishi oshishi, eshakemi, Kvinke shishi namoyon boʻlishi mumkin. Bunday hollarda preparatni bekor qilish, qusishni chaqirish, meʼdani yuvishni, keyin simptomatik davolash oʻtkazish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
10 ml, 15 ml, 25 ml dan suyuqlik flakonlarda (bankalarda).
Saqlash sharoiti
Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25 S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz
💊ESLATMA: Yod eritmasini sirtga qo’llash retsepsiz bemalol qo’llash mumkin. Ichga qabul qilishni shifokor maslahati bilan amalga oshiring
@Farmakologiya_TTA