Melkam tabletka — yalliglanishga qarshi vosita

💊Melkam tabletka — yalliglanishga qarshi vosita

15 mg dozada ☝️

💊Melkam tabletka — yalliglanishga qarshi , ogriq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta’sirga ega

7,5 mg dozada ☝️

#Melkam tabletka
#Мелкам таблетка

💊Dori shakli : tabletka

💊Tarkibi : Meloksikam — 7,5 mg va 15 mg dozalarda chiqadi.

💊Ta’sir qilishiga ko’ra :

Nosteroid yallig’lanishga qarshi , og’riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta’sirga ega preparat.

💊Qo’llanilishi

— Osteoartrozda
— Revmatoid artritda
— Bextereva kasalligida
— Bo’g’im og’riqlarida
— Bo’g’im yallig’lanish kasalliklarida

💊Qabul qilish usuli va dozasi

Ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi. Sutkasiga 1— 2 tabletkagacha.

💊Nojo’ya ta’siri

— Ko»ngil aynish , qusish
— Qorinda og’riq
— Qabziyat
— Meteorizm
— Diareya
—Anemiya
— Gastrit
— Teri qichishish va toshmalari

💊Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar :

— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Aortakoronar shunt qo’yish amaliyotidan keyingi holatlarda
— Yurak yetishmovchiligida
— Rinitda
— Bronxial astmada
— Me’da va 12 barmoq ichak yara kasalligida va qon ketishida
— Ichak yalliglanish kasalliklarida
— Kron kasalligida
— Yarali kolitda
— Bosh qon tomirlaridan qon ketganda
— Buyrak va jigar yetishmovchiligida va og’ir kasalliklarida
— Homiladorlik va emizish davrida
— 12 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas.