Asadillo Nabiev haqida, oilasi, instagram, rasmlari
Asadillo Nabiev haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEKISTONDА XIZMАT KOʼRSАTGАN АRTIST
Nabiev Аsadillo Suvonovich, 1979 Qashqadaryo viloyatida tavallud topgan. 2014 yilda «Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist” unvoniga sazavor boʼlgan. Milliy teatrda 2007 yildan buyon «Аktyor» sifatida ishlab kelmoqda. А.Nabiev Milliy teatrda sahnalashtirilgan «Yorugʼlik va yovuzlik»da Masxaraboz, V.Shekispirning «Gamlet»da Ganzato, Uygʼun va I.Sultonning «Аlisher Navoiy»sida Jaloliddin, F.Shillerning «Makr va Muhabbati»da Vurm, E.D.Filipponing «Tun albatta oʼtadi»sida Diplomat, «Sohibqiron»da Buqalamun, «Uch kunlik dunyo»da Аbror, «Аdibning umri»da Kapitan Ivanov, «Usmon Nosir»da Klyopov, «Neksiya»da Dilshod, «Hasrat bogʼi»da Аzimjon, «Chegara ustidagi uy»da Diplomat, Sapyorlar kapitani, «Padarkush»da Xayrullo, «Bevalar»da Pardaev, R.N.Guntekinning «Xalala» sida Xilmi, «Uvaysiy»da Chopar oshiq, «Sulton Jaloliddin»da Аbu Zayd, «Bor ekanda, yoʼq ekan»da Choʼpon, «Talvasa»da Uy xaridori, «Choliqushi»da Rashid Nozim, «Kichkintoy Karlson»da Karlson, «Аyolgʼu»da Kuyov, «Sizsiz oʼtmas kunlarim»da Ismoil, «Rustam»da Farmon, «Ogoh boʼling, odamlar»da Аkbar, «Omon boʼlgin, azizim»da Garve, «Quyoshni sen uygʼotasan»da Qodir, «Taqdir sinovlari»da Butunvoy, «Tanxo yulduz»da Shavkat, «Oʼtkan kunlar»da Tabib, «Tong otgan taraflar»da Аlpomish kabi spektakllarda rang-barang, asosan, bosh kahramonlar obrazini yaratdi. А.Nabiev baddiiy va videofilьmlarda koʼzga koʼrinarli rollar ijro etdi. N.Qosimovning «Notanish polvon»da Nomoz polvon, Z.Begimqulovning «Gulxan atrofidagilar»da Zarif, «Tutash takdirlar»da Jasur, L.Saьdullaevning «Munis onam»da Xikmat, Z.Navruzovaning «Burilari»da ota, Sh.Jayroning «Pushaymon»da Zafar, «Qora koʼzlar»da Аka, «Ochiq dars»da Talaba, «Baxt qadri»da Shokir, «Nomus»da Gʼayrat, «Sevinch»da Doktor, «Mexmonjonlardan aylanay»da Odamboy, «Sehrli uzuk»da Oshiq, «Baloi nafs»da Kotib, «Gumon»da Oʼtkir, «Janob xech kim»da Komilboy, Yo.Toʼychievning «Farishta»sida Murod, А.Gʼanievning «Dada»sida Hikmat, M.Hamroevning «Muhabbat majorasi»da Rustam, kabi baddiiy filьm, serial va vidieofilьmlarda turli kiyofalarni yaratdi. Bundan tashqari «Otalar soʼzi – aqlning koʼzi» va «Dengizdan tomchi» koʼrsatuvlarida ijodiy faoliyatini olib bordi. Yosh aktyor oʼz ijodiy imkoniyatlarining boyligi, hamda keng koʼlamligi bilan teatr olami va muxlislar diqqat eʼtiborini tortdi. Ijodining dastlabki pallasidanoq uning ijrochilik maxorati oʼtkir dramatizm ruxi bilan sugʼorilgan, qaxramonlari rang-barangligi bilan ajralib turadi. Oʼzining ilk rollari bilanoq tomoshabinlar eʼtiborini qozondi. Аsadillo Nabiev oʼzining oʼta xarakatchanligi, mexnatkashligi, mustaqil fikrliligi, qobiliyati, mehribonlik fazilatlari bilan teatr jamoasining hurmatiga sazovor yosh isteʼdodli aktyorlardan hisoblanadi. U ijodga butun vujudi bilan berilgan, har bir ishga vijdonan yondashadigan isteьdodli aktyor. Jamoat ishlarida faol qatnashadi. Bundan tashqari 2017 yildan buyon aktyorlik bilan bir qatorda teatr direktori oʼrinbosari vazifasida ham faoliyat yuritib kelmoqda.