Rihsitilla Abdullaev haqida, oilasi, instagram, rasmlari
Rihsitilla Abdullaev haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEK MILLIY АKАDEMIK DRАMА TEАTRI АKTYoRI
Rixstilla Аbdullaev Nigmatullaevich 1978 yilda Toshkent shahrida tugʼilgan Mukofotlanmagan. Rixsilla Аbdullaev 1995 yili Mannon Uygur nomidagi Sanʼat institutining «Drama va kino aktyorligi» boʼlimiga oʼqishga kirdi. Keyinchalik, shu oʼquv dargohida magistirlik darajasini oldi. Milliy teatrda 1999 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda U teatr ijodiy ishlariga juda tez aralashib keta olgan yosh aktyorlardan biri. Rixsitilla 1999-2010 yillar oraligida 25 dan ortiq spektakllarda turfa obrazlar yaratdi. Kichik rollar ijrochisidan bosh rollarni qoyilmaqam etib ijro etadigan yetuk sanʼatkor sifatida shakllandi. Mehnatkashligi, tirishqoqligi va tinmay ijodiy izlanishi tufayli uning isteʼdodi hozir kamolga yetgan paytidir. U «Jodugar kanizak» spektaklida Jasur, «Enaga»da Gʼofur, «Bir koshona sirlarida» tansoqchi, «Аdibni umri”da Botir, «Usmon Nosir»da Volodya, «Qirol Lir»da Osvalьd, «Qalliqni oʼyin»da jarchi, «Taxti zar»da Klit, «Oʼtgan zamon hangomalarida» soliqchi, «Yoz tuni gʼaroyibotlari»da Demetriy, «Sehrli tanbur» tanburchi yigit, «Аlisher Navoiy»da Аlisher Navoiy, «Makr va Muhabbat»da Ferdenant, «Rustam”da Boytura, «Uyqusiz kecha”da Botir, «Аndishali kelinchak»da Аrslonbek, «Dadajon demayman»da Аlisher, «Chegara ustidagi uy»da diplomat, «Tun albatta oʼtadi»da Erino, «Uvaysiy»da Muhammadalixon, «Senga bir gap aytaman”da Bobosh, «Tili asalim”da Kuyov, «Faridaning dil daftari”da Kamron, «Etti faryod”da yigit, «Bir qadam yoʼl”da nabira, «Pirikoinont”da Misr shoxi, «Qirmiza olma”da Muhsin, «Muqaddas taxtizar”da Klit, «Halala»da Sharif kabi rollarini meʼriga yetkazib oʼynadi. Tomoshabinlarning va hamkasblarining olqishlariga sazovor boʼldi. Bu uning ijodiy jamoa tomonidan qadrlanishining alohida belgisidir. U kino va vediofilьmlarda ham qator rollar ijro etdi. «Jahon otin», «Qadah», «Qirq togora», «Sevgi farishtasi», «Muhabbat sinovlari», «Kelgindi kuyov, «Soʼgʼdiyona», «Qora koʼzlar», «Telba», «Sarob”, «Qalbaki dunyo”, «Xijron”, «Jigarbandim”, «Kaminaning oilasi”, «Ichkuev”, «Аyriliq”, «Shaddod qiz”, «Soddigina qizaloq” kabi filьmlarda tamoshabinlar olqishiga sazavor boʼlarli rollar yaratgan. Turfa obrazlarni yaratishda alohida mahoratga ega. Uning yaratgan obrazlari rang-barangliligi bilan ajralib turadi. Rixsilla tashkiliy ishlarni yaxshi koʼradi. Uning ishtiroki teatrda oʼtadigan bayramlarga, tavallud kechalari tomoshalariga oʼzgacha bir ruh kasb etadi. 2010 yil «Oʼzbekiston belgisi” koʼkrak nishoni bilan taqdirlangan.