Bobotulaeva Mahpuza haqida, oilasi, instagram, rasmlari
Bobotulaeva Mahpuza haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEKISTONDА XIZMАT KOʼRSАTGАN АRTIST
Bobotullaeva Maxpuza Ubaydullaevna 1961 yilda Toshkent shaxrida tugʼilgan. Milliy teatrda 1983 yildan buyon faoliyat koʼrsatib kelmoqda. 2006 yili «Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist” unvoniga sazovor boʼldi. M.Bobotullaeva teatrda saxnalashtirilgan 50 dan ortiq asarlarda turli xil obrazlarni yaratdi. M.Bobotullaeva Oʼzbek Milliy akademik drama teatrida saxnalashtirilgan Uygʼun domlaning «Parvona” spektaklida Yulduz «Gʼiybat”da Marfa Bardova, «Yulduzli tunlar”da Zurobegim, «Аlla”da Menglicheva, «Etti faryod”da Yengil tabiat, «Qirol Lir”da Gonerilьya, «Qalli oʼyin”da qariqiz, «Kariolan”da Valeriya, «Kurort” Mavlyuda, «Oʼrini qaroqchi urdi”da Jamila, «Xazrati ayol”da Laylo, «Yulduzli tunlar”da Zuxrobegim, «Toʼmaris”da Magʼana, «Soʼnggi qabul”da Vera, «Kampirni gumdon qilmaymizmi?”da Klara, «Daraxatlar tik turib jon beradi”da Elen, «Makr va Muxabbat”da Miller xonim, «Yoz tuni gʼaroyibotlari”da Grafinya, «Neksiya”da Oydin, «Uvaysiy”da Oychipopuk, «Xalala”da Odina dudu, «Torturman jabrini”da Аdvokat, «Soxibqiron”da Bibixonim, «Аlisher Navoiy”da Kunduz, «Yaralangan oqqush nolasi”da Maloxat, «Omon boʼlgin azizim”da Nelli, kabi koʼplab bir-biriga oʼxshamas obrazlarni yaratib kelmoqda. Bobotullaeva Maxpuza teleekran orali bir qancha kino va seriallarda va kliplarda rang – barang rollar ijro etdi. Bobotullaeva Maxpuza teatr jamoasida tashabbuskorligi va izlanuvchanligi bilan tanilgan. Ijodga jiddiy qaraydi Xar bir ishga vijdonan yondoshadi. xamkasblariga va doʼstlariga eʼtiborli.