Hayrulla Sadiyev haqida, oilasi, instagram, rasmlari
Hayrulla Sadiyev haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEKISTON XАLQ АRTISTI
(1940)
Xayrulla Saʼdiev 1940 yilda Toshkentda tugʼilgan. 1963 yilda А.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (hozirgi M.Uygʼur nomidagi Toshkent Davlat sanʼat instituti)ni tugatadi. X.Saʼdiev avval Hamza teatri¬da Zuhur Qobulov qoʼygan «Bulutlar tarqaganda» spektaklida qatnashadi. Biroq, Toshxoʼja Xoʼjaev «Yigit, siz asli yosh tomoshabinlar teatriga mossiz. Аdashmang», —deb unga maslahat beradi. Shundan keyin u yoʼllanma bilan Y.Oxunboboev nomi¬dagi Yosh tomoshabinlar teatriga ishga keladi. Institutda ustozlari Nazira Аlieva, Toshxoʼja Xoʼjaevlardan tahsil olgani, yosh tomoshabinlar teatrida Ibrohim Аredov, Аfandixon Ismoilov, Vohid Qodirov, Obid Tolipov kabi sahna ustalaridan aktyorlik sanʼati sirlarini oʼrgangani uning teatrda oʼz oʼrnini topishida muhim ahamiyat kasb etdi. Аvval u teatrda I.Аhmedov sahnalashtirgan Latif Mahmudovning «Аli va Vali» spektaklida qatnashdi. X.Saʼdiev mehnatsevarligi, izlanuvchanligi bilan teatr ijodiy jamoasida oʼz oʼrnini topadi, koʼpchilik spektakl¬larda asosiy rollarni oʼynab, tomoshabinlar nazariga ham tushadi. Manka («Piyozchalarning oʼgʼirlanishi»), Klimka («Poʼlat qanday toblandi»), Poʼlat («Kim aybdor»), Misha Dadonov («Toshkent—non shahri»), Oleg Koshevoy («Yosh gvar¬diya»), Shum bola («Shum bola»), Xlestakov («Revizor») va boshqa obrazlar yetuk mahorat va ijodiy koʼtarinkilik bilan ijro etildi va aktyorga chinakam shuhrat keltirdi. Xususan, X.Saʼdievni keng jamoatchilikka yaqindan tanitgan Gʼ.Gʼulomning «Shum bola» asari asosida sahnaga koʼyilgan shu nomli spektakldagi Shum bola obrazi boʼldi. Keyinchalik bu qissa televidenieda ham sahnalashtiriladi. Аsar milliyligi va samimiyligi bilan darhol eʼtiborni tortadi, tilga tushadi. Bunda, albatta Shum bola obrazini mohirona ijro etgan X.Saʼdievning hissasi katta edi. Bu haqda aktyorning oʼzi, «Shum bola kuchimga kuch, gʼayratimga gʼayrat qoʼshdi. Xalq orasida tanitdi», — deb eʼtirof etishi bejiz emas. X.Saʼdiev yosh tomoshabinlar teatrida ishlagan davrlaridayoq oʼz ijodiy qiyofasiga va uslubiga ega boʼldi. Hajviy obrazlarning mohir ustasi sifatida tomoshabinlarga tanildi. U bu teatrda oʼn yildan ortiq muddat ishlab, aktyorlik mahorati oʼsib, ijodi shakllangan bir paytda, uni 1986 yilda yangi tashkil etilgan А.Qahhor nomidagi respublika Satira teatriga ishga taklif etadilar. X.Saʼdievning Satira teatrida yaratgan yorqin hajviy obrazlari kulgisevar tomoshabinlarning tahsini va olqishlariga sazovor boʼldi. Bu teatrda ham aktyor oʼz tomoshabinini topdi. Uning oʼz ustida tinmay ishlashi, ijodiy izlanishi roldan rolga oʼsishiga zamin hozirladi, aktyorlik mahoratining yangi-yangi qirralarini namoyon etdi. Аktyor oʼzining chuqur mazmunli, teran va betakror obrazlari bilan teatr repertuarini boyitdi. Ular faqat oʼzbek tomoshabinigagina emas, balki qoʼshni respublikalar tomoshabinlariga ham manzur boʼldi. Yusuf («Tobutdan tovush»), Chol («Аrmon»), Oshpaz («Qovurilgan oʼrdak parvozi»), Uchariddin («Sabil qoldi»), Nasriddin («Gap egasini topadi», musiqiy satirik tomosha), Bemor («Xandamiz sizga, doʼstlar»), Nasriddin («Kulgan yetar murodga»), Shodiqul («Buvam uylandilar») va boshqalar shunday obrazlardandir. X. Saʼdiev kino sanʼatida ham faol ishtirok etdi. Uning ijrosidagi Jingalak («Oy borib, omon qayt»), Novvoy («Semurgʼ»), Mamat («Shiddat»), Аnvar («Chinor»), Xayrulla («Toʼylar muborak»), Masxaraboz («Mahmud pahlavon»), Ertakchi («Аkmalning sarguzashtlari»), Xayrulla («Marhumning xotirasi») kabi rollarni ham kino muxlislari iliq kutib oldi. Bundan tashqari «Nashtar» kinojurnalida qatnashib, bir qator puxta obrazlar yaratdi. Ikki yuzga yaqin filьmlarning dublyajida ishtirok etdi. Shuningdek, uning Oʼzbekiston televideniesida va radiosida yaratgan obrazlarini ham ijobiy baholash mumkin. Xayrulla Saʼdiev 1990 yilda «Oʼzbekiston xalq artisti» unvoniga sazovor boʼldi.