Momat mazi foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

Momat mazi foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

💊Momat surtmasi ( mazi) — yallig’lanishga va allergik teri kasalliklariga qarshi vosita.

# Момат мази
#Momat mazi

💊Dori shakli — sirtga qo’llash uchun surtma ( maz).
0,1% — 5 gr yoki 15 gr massada chiqariladi.

💊Tarkibi:

Bir gramm maz quyidagilarni o’zida saqlaydi👇

⭐️Faol modda — mometazon furoat
⭐️Yordamchi modda: parafin, propilenglikol monostearat.

💊Ta’sir qilishiga ko’ra:

Mahalliy qo’llash uchun glukokortikosteroid vosita. Yallig’lanishga, allergik qichima va ekssudatga qarshi vosita.

💊Qo’llanilishi

— Yalliglanishga qarshi ( qizarish, shish, og’riq, )
— Teri allergik kasalliklarida ( qichima , toshma).
— Dermatozda
— Psoriazda ( temiratki )da.
— Allergik dermatitda
—Atopik dermatitda ( terining yalliglanishi) da.

💊Qo’llash usuli va dozasi

Sirtga qo’llaniladi. Kuniga bir marta.

💊Nojo’ya ta’siri

— Follikulit , ikkilamchi infeksiya
— Qichima
— Terining qurishi
— Teri toshmasi
— Dermatit
— Teri atrofiyasi

💊Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar.

— Preparatga yuqori sezuvchanlik bo’lganda.
—Bakterial va virusli infeksiyada ( gerpesda, suvchechak)da
— Zamburug’li infeksiyalarda
— Tuberkulyozda
— Sifilisda
— Homiladorlik va emizish davrida
— 2 yoshdan kichik bolalarga mumkinmas.