Trenaksa 500 foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
💊Trenaksa 500 — qon ketishini to’xtatuvchi samarali vosita.
💊 Tarkibi 👇
1 ta tabletka saqlaydi :
➖ Faol modda:Traneksam kislota — 500 mg
➖Yordamchi modda: tozalangan suv, tozalangan talk, magniy stearati, titan dioksid, propilenglikol
💊Chiqarilish shakli :
— Tabletka
— Ampula
💊Qo’llanilishi
— Umumiy va mahalliy qon ketishlarni to’xtatishda
— Gemofiliya
— Trombotsitopenik purpurada
— Aplastik anemiyada
— Leykozda
— Me’da osti va prostata bezi o’smalarida
— Ekzema, allergik dermatitda, eshakyemi, toshma
— Operatsiya vaqtidagi va operatsiyadan keyingi vaqtdagi qon ketishlarda
— Xomiladorlikning erta muddatlarida qon ketishda va bachadondan qon ketishda
— O’pkadan,burundan, me’da ichaklardan qon ketishda
— Siydik chiqarish tizimi quyi bo’limlaridan qon ketishda
— Ko’z soqqasini jarohatlarida
— Tishni sug’urgandagi to’xtovsiz qon ketishda
💊Qo’llash usuli va dozasi
✴️Kattalarga:
Tabletkani chaynamasdan yetarlicha suv bilan qabul qilish kerak. Bir martalik qabul qilish uchun doza 1 — 1,5 gr ( 2 ta tabletkadan). Sutkada 2 — 4 marta qabul qilinadi.
✴️Bolalarga : ichga qabul qilinadi. 1 kg tana vazniga sutkada 20 — 25 mg dan 3 — 4 marta qabul qilinadi.
💊Nojo’ya ta’siri
— Anoreksiya, ko’ngil aynish, qusish, diareya
— Bosh aylanishi, xolsizlik, uyquchanlik.
— Taxikardiya, ko’krak qafasida og’riq.
— Rang ajratish qobiliyatini buzilishi
— Teri allergik reaksiyalari bo’lishi mumkin.
💊Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:
— Subaraxnoidal qon quyilishlarda
— Preparatga yuqori sezuvchanlik bo’lganda
— Og’ir buyrak yetishmovchiligida
— Tromb hosil bo’lish xavfi yuqori bo’lganda
— Miokard infarktida
— Xomiladorlikda qo’llash mumkin emas.
💊ESLATMA:
Emizish davrida shifokor nazorati ostida ehtiyotkorlik bilan qo’llash kerak.