Klazin foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida
💊Klazin — akusherlik va ginekologiyada ishlatiladigan antibakterial vosita
💊Dori shakli — shamcha (svetcha).
💊Tasir etuvchi faol modda:
Polikrezulen yoki polimetilen — meta — krezolsulfon kislotasi 90 mg
💊Tasir qilishiga ko’ra :
— Asosan akusherlik va ginekologiyada qo’llaniladigan vosita bo’lib antibakterial , trixomonatsid, zamburug’larga qarshi va qon toxtatuvchi tasirga ega. To’qimalarning epitelizatsiyasini tezlashtiradi.
— Bu preparat qinda kislotali muhit xosil qiladi. Nekrozga uchragan to’qimalarni, shikastlangan va patologik hujayralarni quyuqlashib keyin ko’chishiga yordam beradi.
— Preparat qon tomirlarni toraytiruvchi tasir ko’rsatadi, shu sabab qon to’xtatuvchi tasirga ega.
— Preparat qinning bakterial florasini normallashtiradi.
💊Qo»llanilishi
— Bachadon bo’yni va qin eroziyasida
— Qin va bachadon bo»ynining yalliglanish kasalligida
— Turli qin infeksiyalaridagi servitsit ( qin ajralmalarining kuchayishi)
— Genital qichishishlar
— Jinsiy azolarda paydo bo’lgan yaralar
💊Qo’llash usuli va dozasi
Klazin vaginal shamchalari 2 kunda 1 marta qo’llaniladi. Klazinni uyqudan oldin yotgan holatda qo’llagan ma’qul. Qo’llashdan oldin klazin shamchasi suv bilan namlangan bo’lishi kerak.
💊Nojo’ya tasiri
Allergik reaksiya (ta’sirlanish , achishish , og’riq) chaqiradi.
💊Qo’llash mumkin bo’lmagan holat.
— Xomiladorlikda
— Laktatsiya davrida ( emizish davrida).
— Bolalarda qo’llanilmasin.
💊Eslatma : Preparat bilan davolanish paytida jinsiy aloqalardan saqlanish kerak.
Va hayz ko’rish davrida preparat bekor qilinadi.