Deklosid krem — yallig’lanishga qarshi va allergiyaga qarshi

💊Deklosid krem — yallig’lanishga qarshi va allergiyaga qarshi sirtga qo’llaniladigan vosita

#Деклосид крем
#Deklosid krem

💊Dori shakli : krem

💊Tarkibi:

Beklometazon, klotrimazol, gentamitsin.

💊Ta’sir qilishiga ko’ra

Yalliglanishga qarshi, allergiyaga qarshi,teri qichishishiga , toshmaga, antibakterial, zamburug’ga qarshi, antiseptik vosita.

💊Qo’llanilishi

— Ekzema
— Neyrodermit
— Otomikoz
— Terining yiringli kasalliklarida
— Barmoqlar orasidagi zamburugli kasalliklarda
— Terining zamburugli kasalligida
— Dermatitda

💊Qabul qilish usuli va dozasi.

Terining shikastlangan sohasiga surtiladi. Sutkasiga 2 marta

💊Nojo’ya ta’siri

Allergik reaksiya

💊Qo’llashga qarshi ko’rsatma

— Preparatga yuqori allergik reaksiya bolganda
— Teri tuberkulyozida
— Sifilisda
— Suvchechakda
— Oddiy gerpesda
— Viruslar qo’zg’atgan teri kasalliklarida
— Teri vaksinasidan keyingi holatda
— 7 yoshgacha bolgan bolalarda qollash mumkin emas.
— Ko’zga yaqin teri sohasida surkash mumkinmas.
— Oftalmologiyada ishlatish mumkinmas.

💊ESLATMA : Homiladorlik paytida shifokor maslahati bilan qo’llash kerak.