💊Gentamitsin ampula — ineksiya uchun eritma. Antibiotik.
💊Chiqarilish shakli va dozasi — 40 mg / 2 ml va 80 mg / 2 ml dozalarda chiqadi.
#Гентамицин ампула
#Gentamitsin ampula
💊Dori shakli : Ineksiya uchun eritma — 80 mg/2 ml.
💊Tarkibi :👇
⭐️Faol modda : Gentamitsin sulfat — 80 mg.
⭐️Yordamchi modda : natriy metabisulfati, ineksiya uchun suv
💊 Ta’sir qilishiga ko’ra : Antibiotik
💊Qo’llanilishi
— Bakterial infeksiyalarda
— Bronxit , pnevmoniya, o’pka yiringlashi holatlarida
— Piyelonefrit, sistit, uretrit da
— Prostata infeksion kasalligida
— gonoreyada ( jinsiy a’zolar infeksiyasida).
— endometrit da ( bachadon infeksion kasalligida).
— Bo’g’imlar va suyaklarning infeksiyalarida ( osteomiyelit).
— Teri va yumshoq to’qima infeksiyalarida
— Qorin infeksiyalarida ( peritonit) da
— Nerv sistemasi infeksiyalarida ( meningitda).
— Sepsisda
— Jarohat va kuyish infeksiyalarida
— Otitda qabul qilinadi.
💊Qabul qilish usuli va dozasi
Mushak ichiga va vena ichiga yuboriladi.Sutkada 2 marta yuborish mumkin.Preparatni 0,9 % 100 ml yoki 200 ml natriy xlor izotonik eritmasida yoki 5% li glukoza eritmasida ( osmasiga) qo’shib yuboriladi.( Osmaga qo’shiladi).
💊Nojo’ya ta’siri
— Bilirubin miqdori oshadi
— Anemiya, leykopeniya ( leykotsitlar soni kamayishi qonda) , trombotsitopeniya ( qonda trombotsitlar soni kamayishi).
— Mushaklarning tortishishi, tutqanoq xurujlari, bosh og’rigi, uyquchanlik,.
— Buyrak faoliyatining buzilishi
— Teri toshmasi , qichishish, isitma
— Bolalarda : kalsiy , kaliy, magniy miqdorini kamayishiga olib keladi.
— Preparat yuborilgan joyda og’riq
💊Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bolganda
— Buyrak faoliyati og’ir buzilishida
— Xomiladorlik va emizish davrida
— Uremiyada
— Epilepsiya ( tutqanoq , sudorgi kasalligi bor bemorlarda ).
— Anemiya holatlarida
— Bronxial astma si bor bemorlarga mumkinmas
— Tana harorati baland bolgan vaqtda ( Isitma bor vaqtida ) qollab bolmaydi.
— Bolalarda : agar organizmida kalsiy miqdori kam bolsa qollash kerakmas.
💊ESLATMA: Gentamitsin ampulasini 0,9 % 100 ml yoki 200 ml natriy xlor eritmasiga ( osmasiga) yoki 5 % glukoza osmasiga qoshib vena orqali qabul qilgan ma’qul.