Siprofloksatsin ( sifloks) — antibiotik vosita.

💊Siprofloksatsin ( sifloks) — antibiotik vosita.
💊250 mg va 500 mg dozalarda chiqadi.

#Siprofloksatsin tabletka
#Сипрофлоксатсин таблетка

💊Dori shakli : Tabletka

💊Tarkibi :

Siprofloksatsin gidroxlorid

💊Ta’sir qilishiga ko’ra :

Antibakterial vosita.Antibiotik. ( Ftorxinolon guruhi).

💊Qo’llanilishi

— Buyraklar va siydik chiqarish yo’llari infeksiyalarida
— O’tkir va surunkali piyelonefritda
— Tosh kasalligi infeksiyalarida
— Sistitda
— Prostatit da , epididmitda
— Nafas yo’llarining infeksiyalarida
— Pnevmoniya, bronxopnevmoniya, plevritda
— O’pka absessida
— Bronxitda
— Infeksiyalangan yaralar
— Jarohat infeksiyalari
— Meda ichak yo»llari infeksiyalarida
— Bakterial diareyada
— Qorin tifida
— Peritonitda
— Qorin bo’shligidagi absessda
— Xolesistitda
— O’t qopi yiringli holatida
— Gonoreyada
— Boshqa a’zolar infeksiyalarida
— Immuniteti susaygan bemorlarga infeksiyani oldini olish va davolashda

💊Qabul qilish usuli va dozasi

Tabletkani och qoringa yoki ovqatdan so’ng butunligicha qabul qilinadi. Sutkasiga 2 ta tabletka qabul qilish mumkin.

💊Nojo’ya ta’siri

— Ko’ngil aynish , qusish, diareya, meteorizm, qorin sohasida ogriq, ishtaha yoqolishi
— Bosh aylanishi, bosh ogrigi, holsizlik, uyqusizlik.
— Terida toshmalar,qizarish
— Qon bosimi oshishi, taxikardiya
— Ta’m , xid va ko’rishning buzilishi.

💊Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar

— Preparatga yuqori allergik reaksiya bolganda
— 15 yoshdan kichik bolalarga preparatni tavsiya qilish mumkin emas. ( Yoshlarda tog’aylarning shikastlanishiga olib keladi).
— Xomiladorlik va emizish davrida

💊ESLATMA : Siprofloksatsin xalq orasida ,,sifloks» ham deyiladi.