Baron Myunxauzen qachon, qayerda yashagan?
Bu mashhur adabiy qahramon real shaxs boʻlgan. U yoshligida Germaniyaning Bodenverder shahridan Rossiyaga keladi. Harbiy xizmatga kiradi, unvoni rotmistrgacha koʻtariladi. Soʻng yurtiga qaytadi. U yerda Rossiyadagi xizmat haqida ajabtovur hikoyalar soʻzlab beradi va shu bilan shuhrat qozonadi. Masalan, Peterburgga boʻri qoʻshilgan aravada borgani, Ochakovda qoq ikkiga boʻlinib ketgan otni koʻrgani, bugʻuning boshida oʻsgan olcha daraxti haqidagi gaplari tinglovchilarni hangu mang qilib qoʻyadi. Shu singari lofnamo sarguzashtlar, shuningdek, boshqa mualliflar baronga nisbat berib yozgan hikoyalar adabiyotda Myunxauzen obrazi paydo boʻlishiga olib keldi.
Orif Tolib tayyorladi.
oriftolib.uz
“Yoshlik” jurnalining 2015 yil 12-sonida chop etilgan.