Sitikolin ampula — Nootrop vosita . Ineksiya uchun eritma
💊Sitikolin ampula — Nootrop vosita . Ineksiya uchun eritma .
💊Chiqarilish dozalari : 125 mg / 4 ml , 250 mg /4 ml , 500 mg / 4 ml , 1000 mg /4 ml dozada chiqariladi.
#Sitikolin ampula
#Цитиколин ампула
💊Dori shakli : Ineksiya uchun eritma.
💊Tarkibi : 👇
⭐️Faol modda : sitikolin ( natriy tuzi shaklida) 500 mg yoki 1000 mg.
⭐️Yordamchi modda : Natriy gidriksid, xlorid kislota , ineksiya uchun suv.
💊Ta’sir qilishiga ko’ra : nootrop vosita.
💊Qo’llanilishi
— Ishemik insult kasalligining o’tkir davrida
— Ishemik va gemorragik insultning tiklanish davrida
— Bosh miya jarohati o»tkir va tiklanish davrida
— Bosh miya faoliyati susayganda va qon tomir kasalliklarida
— Xotirani susayishida
— O’z o’ziga xizmat ko’rsatishda qiynalish kabi buzilishlarda yaxshi samara beradi.
— Diqqat va ong darajasini oshiradi.
— Qon tomir va nevrologik buzilishlarda qo’llaniladi.
— Bosh miyada va organizmda qon aylanishini yaxshilaydi.
— Bosh miyani kislorod va oziq modda bilan ta’minlanishiga ijobiy ta’sir qiladi.
— Bosh miyadagi insult o’choqlarni samarali kamaytiradi.
💊Qo’llash usuli va dozalari
Sitikolin ampulasini vena ichiga, mushak ichiga va osma ni ichiga qo’shib ham yuborish mumkin. Lekin mushak ichiga yuborgandan ko’ra vena ichiga juda sekinlik bilan yuborish afzalroqdir. Mushak ichiga yuborilganda preparatni takroran bir joyga yubormaslik kerak.Ampula ochilgandan keyin eritma tezda ishlatilishi kerak.
💊Nojo’ya ta’siri
Nojo’ya ta’sirlar kam xollarda kuzatiladi.👇
— Toshma , teri qichishish, anafilaktik shok
— Bosh og’rigi, bosh aylanishi, uyqusizlik, qo’l oyoqda uvishish.
— Ko’ngil aynish, qusish, diareya, ishtaha pasayishi
— Issiqlik xissi, qon bosim ning qisqa muddatli o’zgarishi, shishlar, xansirash
💊Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Vagotoniyada ( parasimpatik nerv tonusi oshgan holatda).
— Homiladorlik va emizish davrida.
— 18 yoshgacha bo’lgan bolalarga tavsiya etilmaydi. ( shifokor bilan maslahatlashing).
💊ESLATMA : Sitikolin preparatini qon to’xtatuvchi vositalar, bosh miya ichki bosimini tushiruvchi va perfuzion eritmalar ( natriy xlor ) bilan bir vaqtda qo’llash mumkin.
Homiladorlarga shifokor maslahati bilan. ( O’zboshimchalik bilan qo’llanilmasin).