Kitoblar haqida siz bilgan va bilmagan faktlar
- Butun dunyoda hozirgi kungacha 130 millionga(129,864,880 aniq soni) yaqin kitoblar nashr etilgan.
- Dunyodagi barcha kitoblarni o`qib tugatish uchun 60,000 yil kerak bo`ladi.
- 1901-1909-yillari Amerika prezidenti bo`lgan Teador Rusevelt kuniga bitta kitob o`qigan ekan.
- Shu kungacha eng uzun gap 823 ta so`zdan iborat bo`lgan.
- Birinchi marta bestseller atamasi Amerika yozuvchisi Alis Braunning Fools of Nature kitobi uchun ishlatilgan.
- Dunyodagi har 5 ta boladan 1 tasi o`qish yoki yozishni bilmaydi. Eng ko`p o`qish-yozish bilmaydiganlar Janubiy va Shimoliy Osiyo va Afrika davlatlarida yashaydilar.
- Dunyodagi eng ko`p kitob o`qiydiganlar Hindistonda yashaydi. Ular haftasiga 10 soatini mutolaa uchun sarf qilishadi.
- O`rtacha hisobda bitta roman yozish uchun 475 soat ketarkan.
- Kitobni kimlar ko`proq xarid qiladi ayollarmi yoki erkaklar? Statistik ma`lumotlar 68% kitoblarni ayollar sotib olishini ko`rsatmoqda.
- Ko`pchilik insonlar mutolaaning 18 – varog`iga kelganida kitobga bo`lgan qiziqishlarini yo`qotishadi. Albatta, qayta-qayta mutolaa qilib o`qiydigan kitoblarimiz bundan mustasno.
- “Bookworm” ( kitob o`qishni sevuvchi inson) atamasi aslida kitob muqovalari bilan oziqlanadigan hashoratlardan kelib chiqqan.
TAYYORLADI: Abduqahhorova Muazzam
akt.uz