Yangi Android-smartfon xarid qilgach, unga eskisidagi kontaktlarni ko‘chirib o‘tkazish kerak bo‘ladi. Quyida shu ishni tez va oson amalga oshirishni ko‘rib chiqamiz.
Kontaktlarni ko‘chirib o‘tkazish uchun bizga Google akkauntimiz kerak bo‘ladi; odatda u qurilmani ilk yoqqanimizda yaratilgan bo‘ladi. Eski smartfonda akkauntimizga ulangach, undagi kontaktlarni sinxronlash (синхронизация контактов) lozim. Buning uchun dastlab undagi “Sozlamalar”, ya’ni “Настройки”ga kiramiz.
Sozlamalar ro‘yxatidan “Аккаунты”ni bosamiz.
Bu yerda sizning mazkur smartfondan foydalanishingiz jarayonida yaratilgan turli akkauntlaringiz aks ettiriladi, ular orasidan Google akkauntga kirish lozim.
Qurilmani xarid qilgach, ilk bor yoqqanimizda ochilgan o‘z akkauntimiz ustiga bosamiz.
Endi “Контакты” bandining ro‘parasiga belgi qo‘yamiz.
Oldingi qurilmangizdagi kontaktlarni yuqorida ko‘rsatilgan tartibda sinxronlaganimizda, ular Google “bulutli” serverida saqlanayotgan akkauntimizga ko‘chiriladi va unda saqlanadi. Endi xuddi shu amallarni yangi smartfonda ham takrorlaymiz, shunda serverdagi akkauntimizdagi barcha kontaktlar unga ko‘chadi.
Eslatib o‘tamiz, akkauntlarni sinxronlash internet vositasida amalga oshiriladi.
DiMaX Terabayt.uz